Yosh sportchilar bilan uchrashuv

Date:

Har bir yosh uning taqdiriga, ertangi kuniga qiziqqanlarini ko‘rib, o‘zini-da o‘z taqdiriga daxldor sanay boshlaydi. O‘ziga talab va mas’uliyatni oshiradi. Ularning qiziqish va layoqatidan kelib chiqib, munosib undov qilinganda esa natija yanada yaxshiroq bo‘ladi. Angor tumani hokimi Qosim Mardonov hamda Surxondaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Abdumutal Arabov ham ayni maqsadda Angor tumanidagi sport maktabiga tashrif buyurdilar va sportga oshno ko‘ngillar bilan samimiy suhbatlashdilar.
Tuman va soha rahbarlarining kuyunchaklik bilan yoshlarning ko‘ngliga qo‘l solib, ular bilan qiziqayotgani o‘z navbatida yoshlarni ham quvontirgani rost. Suhbatdan ruhlangan yosh sportchilar o‘z qiziqish va orzu-maqsadlari, erishgan yutuqlari haqida so‘zladilar. So‘z isboti bilan deganlaridek, mehmonlar o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonlarini ham kuzatishdi. Ularga esdalik sovg‘alari topshirib, kelgusi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilashdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun