Akkreditatsiyadan o‘tkazildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Referendumi bo‘lib o‘tadigan kunga ham fursat oz qoldi. Bu esa joylardagi saylov uchatkalarida faoliyat olib borayotgan a’zolardan, qolaversa, hududiy saylov okrug komissiyalaridan yanada faollik, o‘z ishiga mas’uliyat talab etadi. Aytish kerakki, referendum bo‘lib o‘tadigan kun saylov adolatli, shaffof tarzda o‘tkazilishi uchun hududiy va xorijlik ommaviy axborot vositalari vakillari jarayonni kuzatib boradi.
Mana shunday tashkiliy ishlarni risoladagidek tashkil etish maqsadida Markaziy saylov komissiyasining videokonferens aloqa shaklida navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 9-Surxondaryo okrug komissiyasi aʼzolari ham faol ishtirok etdi.
Majlis davomida O‘zbekiston Respublikasining Referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Va bir guruh chet ellik kuzatuvchilar, xorijlik va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Hududlardagi okrug, uchastka komissiyalari aʼzolarining referendum kunigacha bo‘lgan davrda amalga oshiradigan ishlari ham eʼtibordan chetda qolmadi.
Yakunda esa okrug komissiyasi aʼzolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha uchastka komissiyalarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Vazifalar esa belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda yangi hayot nafasi

Termiz shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari nafaqat shahar qiyofasini...

103 xizmati faoliyati raqamlarda

Termiz davlat universiteti qoshida 103 xizmati yo’lgan qo’yilgan. Ushbu...

Yong‘in-qutqaruv salohiyati yangi bosqichda

Aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga...

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...
KunTun
KunTun