Suvsiz yerdan yilda 3 bor hosil olib…

Date:

Dehqon daladan kuch oladi. Peshona terisi bilan yetishtirgan mahsuloti esa mehnatlarining shirin mevasi deyish mumkin. Uzunlik Valijon aka ham ana shunday dehqonlardan. Uni tuman ahli juda yaxshi taniydi. Taniganlar ham bilishadiki, Valijon akaning asosiy vaqti dalada yumush bilan o‘tadi. U sabzavotlardan yilda uch martagacha hosil olib, atrofdagilar uchun nafaqat ustoz, balki o‘rnak va namuna bo‘lib kelmoqda.
To‘g‘ri, hamma ham mehnat qilsa, yilda 3-4 bor hosil olishi mumkin. Bu maqtanadigan jihat emas deyishingiz mumkin, ammo Valijon aka o‘zi yashaydigan “Yangi kuch” mahalla fuqarolar yig‘inining chekka hududidagi suvsiz 1,5 gektar yerda dehqonchilik qiladi. Bu esa haqiqiy qahramonlik. Inson sabr va matonatining katta sinovi bo‘lsa kerak.
Ammo, shunga qaramay dehqon bo‘sh kelmaydi. Birgina 60 sotixga ekilgan piyozning o‘zidan 90 million so‘m daromad ko‘rgani maqtanarli jihat. Xaridorlar paykalning o‘zidan piyozlarni sotib olib, dehqon ishini yanada yengillashtirdi.
Haqiqatan ham tabiatimiz, iqlim sharoitimiz, unumdor tuprog‘imiz sabab yilda bir necha bor ekin-tikin qilib ham mo‘l hosil olish imkoni bor. Bu esa bozorlarimizda sabzavotlarning arzon va hamyonbop, qishin-yozin dasturxonimiz to‘kin bo‘lishiga xizmat qilayotir. “Yangi kuch” mahallasi ahlining har biri Valijon akadan qolishmaydi. Ularning-da qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda katta tajriba maktabi bor. Mahalla mehnatkashlari kuzda hosildan bo‘shagan yer maydonlariga sabzi, piyoz, ko‘kat kabi sovuqqa chidamli ekinlardan ekib, bahor mavsumida yig‘ib-terib olishadi. Bu bilan aholini ertachi sabzavotlar bilan siylasa, boshqa tomondan mo‘may daromad ko‘rishga xizmat qiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun