Qitʼa chempionatida…

Date:

Sport shunday kuchki, millatingiz, til-u diningizdan qat’iy nazar maydonga tushasiz-da, kuchingizni, bor mahoratingizni ishga solasiz. Bir on, bir lahza esa hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi. Ana shu soniyalarda g‘oliblar safida ko‘krak kerishingiz yoki mardlik qilib, boshqa safar harakat qilishingiz mumkin. Axir aytishadi-ku, yengilgan kurashga to‘ymas deya. Ammo, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga bel bog‘lagan uzunlik Rustam Shorahmatov vaqtning har onidan unumli foydalana oladi. U o‘ziga ishonadi. Shu ishonch, tinimsiz mehnat va tayyorgarlik esa uni g‘oliblik pillapoyasiga olib chiqadi.
Almatida o‘tkazilgan Osiyo kubogida ham shunday bo‘ldi. Unda Gruziya, Gretsiya, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘istonlik dzyudochilar ishtirok etdi. Bahslarni kuzatish tomoshabinlar uchun maroqli, barcha o‘z sportchisiga ko‘z tikib qo‘llab-quvvatlagan. Ammo, finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib kelgan Rustam Shorahmatovning o‘yinini tomosha qilganlar, uning kuchi va mahoratiga tan bermay qolishmadi. Sababi, u finalda 100 kilogramm vazn toifasida raqibini yengib, birinchi o‘rinni egalladi va oltin medal sohibi bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun