Surxondaryolik sportchidan rekord natija

Date:

Piyoda yurishning, yugurishning foydasi katta. Bu bilan sog‘lom hayot tarziga o‘zimiz va organizmimizni odatlantirsak, boshqa tomondan bu harakatlar muvaffaqiyat olib kelib, dunyoga mashhur qilishi ham hech gap emas. Tojikistonda bo‘lib o‘tgan marafonda xuddi shunday bo‘ldi. Bu muvaffaqiyat, ayniqsa, O‘zbekiston bilan bog‘langani kishini ikki karra quvontiradi.

Aytish kerakki, Belarus, Kanada, Keniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ukraina, Fransiya, Xitoy, AQSH, Eron, Efiopiya kabi mamlakat vakillari ishtirok etgan ushbu yarim marafon musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi ham bor edi. O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi, sariosiyolik Shohrux Davlatov esa belgilangan masofani 1:01:24 vaqtda bosib o‘tib, erkaklar o‘rtasida Dushanbe yarim marafoni g‘olibiga aylandi.

Muvaffaqiyatli natijalar bu bilan kifoyalanmadi. Ayollar o‘rtasida yurtimizda tashkil etilgan bir qator marafonlar g‘olibi bo‘lgan hamyurtimiz Yekaterina Tunguskovaga teng keladigan atlet topilmagani ham bor gap. U finishga 1:13:31 vaqtda yetib borib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Har ikki g‘olib sportchimiz sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi. Shuni ham qayd etish kerakki, ushbu XIII xalqaro Dushanbe yarim marafonida sportchilarimiz ko‘rsatgan vaqt birligi rekord natija sifatida eʼtirof etildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun