“Yangi O‘zbekiston” massiviga tamal toshi qo‘yildi

Date:

Yurtimizning har bir nuqtasida “Yangi O‘zbekiston” massivlarining qurilishi shahar va tuman ichida kichik bir shaharchalarning qad rostlashiga xizmat qilayotir. Bu esa aholiga qulaylik yaratib, barcha qulayliklarning yaratilishiga imkon beradi. Siz yashaydigan massivda do‘kon-u barcha xizmat ko‘rsatish nuqtalari, sport zallari, go‘zallik salonlari-yu, restoranlar, bozorlar bo‘lsa, yomonmi? Bog‘cha va maktablarning borligi ham farzandlarimizning uzog‘ini yaqin qiladi. Surxondaryo viloyatining hali u, hali bu hududida ana shunday massivlarning qurilishi boshlab yuborilgani, mahalliy aholining ayni shu yerdan uy xarid qilishga qiziqish va ishtiyoq uyg‘otayotgani ham bor gap. Termiz tumanidagi Yangiobod mahallasida ham 55,5 gektar maydonda ana shunday bunyodkorlik ishlari qurilishiga start berildi.


Mazkur hududning 28,5 gektarida “Yangi O‘zbekiston” massivi, 27 gektarida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini o‘z ichiga olgan yirik loyiha amalga oshiriladi. Zamonaviy loyiha qurilishiga viloyat hokimi U. Qosimov dastlabki tamal toshini qo‘ydi.
Yangi massivda 6 280 xonadonga mo‘ljallangan 74 ta ko‘p qavatli turar-joy barpo etiladi. 2 640 o‘rinli ikkita maktab, 420 o‘rinli ikkita maktabgacha taʼlim muassasasi, 200 qatnovga mo‘ljallangan oilaviy poliklinika, mahalla markazi quriladi. Massivning birinchi bosqichida 1 980 oilaga mo‘ljallangan 18 ta ko‘p qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirilishi reja qilingan.
Shuni ham aytish kerakki, viloyatning Angor, Sariosiyo, Boysun va Jarqo‘rg‘on tumanlarida ham “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi allaqachon boshlanagan bo‘lib, ayni paytda ikkinchi bosqich qurilish ishlari qizg‘in tus olgan.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun