Milliylikka qaytish fursati

Date:

Hech buvijoningiz kiygan liboslarga e’tibor berganmisiz? Ularning tikilish dizayni, bichimigachi? Xo‘sh, siz ham ana shunday libosda qanday ko‘rinardingiz? Ayniqsa, o‘ziga xos do‘ppi va milliy taqinchoqlar bilan uyg‘unlikda o‘ziga xos ko‘rinish kasb etishingiz aniq. Ammo, bunday milliy liboslarga ko‘p ham murojaat qilavermaymiz. Zamona zayliga, “moda”ga mos kiyinish ortidan quvamiz.


Aslida esa egnimizga qolipday mos tushib, bizga yarashgan kiyim-kechaklarnigina tanlash lozim. Milliy liboslarga keladigan bo‘lsak, o‘zlikka qaytish, ularni-da urfga aylantirish siz-u bizning istagimizga bog‘liq. Faqat xohish bo‘lsa, kifoya. Buvijonlarimiz kiygan milliy liboslarda esa o‘zbek xalqining qadimiy va o‘chmas ma’naviyati hamda boy qadriyatlari o‘z ifodasini topgan.

Termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakultetida xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Buvijonim kiygan liboslar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat “Buvijonlar maktabi” raisi Robiya To‘lakova, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti texnika fanlari nomzodi, dosent Nigora Gofurova, barcha fakultetlarning tyutor hamda talaba-qizlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida milliy libos va san’at fakultetidan jami 25 nafar iqtidorli talaba tomonidan milliy qadriyatlarimizni hamda zamonaviy talablarni o‘zida aks ettirgan liboslarning namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir soʻnggida ishtirokchi qizlarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

S.Davlatova

Oldingi sahifaXivaga sayohat
Keyingi sahifa…quvonchga to‘ldirdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun