“Maydon tomoshalari”da…

Date:

Folklor — xalqimizning azaliy orzu-umidlarini, og‘rig‘i-yu quvonchini o‘zida mujassam etgan san’atdir. Unda ijod qilishni istagan borki, o‘zini san’atga bahshida etishi lozim. Aks holda hech bir chiqishda jonlilik, joziba bo‘lmaydi. Surxondaryoliklar orasida yaxshi tanish bo‘lgan “Chechalar” folklor etnografik xalq havaskorlik ansambli ijodini kuzatgan borki, bu fikr nechog‘lik to‘g‘ri ekaniga amin bo‘ladi. Chechalar oddiy havasmand ayollardir, ammo jon dillari bilan ijodga sho‘ng‘ishgani, ijrolariga avval o‘zlari ishonishgani uchun ham xalq ularni qabul qilgan, ijodlarini esa kuzatib borib, bayram-u sayllarni, festival-u ko‘rgazmalarni ularning chiqishisiz tasavvur eta olishmaydi.
Albatta, surxoncha shevaning ajib tarannumi, go‘zal va xalqona ohangga xirom aylashlar, biroz hazil va chapanilik bor harakatlar ko‘ngildan joy olmay qolarmidi. Bir qarasangiz, to‘y marosimlarni, qadimiy odatlarimiz va irim-sirimlarni maromiga yetkazib ado etib, kuyga solish, ijro etish ham katta mahorat. Jizzax viloyati markazida o‘tkazilgan “Maydon tomoshalari” Respublika folklor festivali esa Sherobod tuman Madaniyat va turizm bo‘limi qoshidagi “Chechalar” folklor etnografik xalq havaskorlik ansambli hamda “Chaman” ashula va raqs xalq havaskorlik ansambli aʼzolarining bor iste’dod va mahoratlarini namoyish etishlari uchun bir maydon bo‘ldi. Ularning chiqishlari tomoshabinlar e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

S.Davatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kuchga kiradigan yangi tartiblar

Joriy yil 1-apreldan boshlab quyidagi o‘zgarishlar joriy etiladi: Zo‘ravonlikka uchragan...

Daromaddan chegirmagacha…

2026-yil 1-sentyabrdan san’atkorlar va ijodiy jamoalar har bir to‘y...

Shaxsga doir ma’lumotlarni xorijda saqlash mumkinmi?

2026-yil 27-martdan e’tiboran “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan...

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi

2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti, jumladan Starlink texnologiyasi asosida...
KunTun
KunTun