Muhimi qamrov emas

Date:

Angor tumanida 180 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, tumanda 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrovi 70,7 foizni tashkil qiladi. Maqsad esa bolalarni ko‘r-ko‘rona bog‘chaga qamrovini oshirish emas, balki ularning sifatli ta’lim olishi, vaqtini mazmunli tashkil etilishi, ovqatlanish tartibining me’yor qoidalari asosida berilishini ham nazoratga olishdir. Afsuski, xususiy uy bog‘chalarining hammasida ham bu holat risoladagidek emas. Tadbirkorlar kelajak avlod taqdiriga e’tiborni kuchaytirmasdan, tizimni pul ishlash manbaiga aylantirib olayotgani ayanchli. Shunday ekan tizimda nazoratni kuchaytirmoq shart va zarur.
Surxondaryo viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari R.Kattayeva rahbarligidagi ishchi guruh Angor tumanidagi 72-, 96-, 135-, 15-, 26- va 27-sonli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, u yerdagi shart-sharoit va holat bilan tanishdilar.
Oʻrganish davomida oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifati, bolalar ovqatlanish tartibining tegishli me’yorlar asosida tashkil etilishi, tarbiyachilarning ish hujjatlari yuritilishi, kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy o‘rganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun