“Salomatlik sayllari” Sariosiyoda ham davom etdi

Date:

Har qanday inson uchun, avvalo, tan sihatligi, to‘rt muchasi omonligi hech narsaga alishilmaydigan ne’mat. Agar sog‘ligimizda biror bir jiddiy muammo bo‘lsa, qolgan hammasi ahamiyatsiz. Na bir ishga qo‘l boradi, na yashashda, turish-turmushda ma’no qolmaydi. Biroq betob bo‘lish degani, bu tarki dunyo qilib, umidsizlikka tushish degani emas. Chorasizlikda ham chora topiladi. Tibbiyot kundan kun rivojlanib, kasalliklarning ham davosi topilmaydiganlari qolmayapti nazarimda.

Ustiga ustak “oq halatli farishtalar”, deya jamiyatda hurmat-e’tibor qozongan tibbiyot xodimlari fuqarolar dardiga darmon bo‘lish payida uzzukun harakatda, izlanishda. Tez-tez fuqarolar uchun chuqurlashtirilgan salomatlik sayllarining o‘tkazilib turishida ham ana shunday maqsad ko‘zlanganligi ahamiyatli.
7 aprel – Xalqaro salomatlik kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Salomatlik sayllari” oyligi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali kasalligi bor bemorlarni hududlarning o‘zida yuqori texnologik muolajalarni o‘tkazish orqali sog‘lomlashtirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, kasalliklar profilaktikasini tashkil etish, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha ommaviy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va individual maslahatlar berishni tashkillashtirish maqsadida o‘tkazilgan aksiya Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi Sharg‘un shahar ko‘ptarmoqli poliklinikasida tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rikda sog‘lig‘ida muammosi bor bolalar, ayollar va katta yoshlilardan jami 1275 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ular poytaxtdan kelgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda viloyatdagi davolash profilaktika muassasalarining mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, davolash- muolajaa bo‘yicha zarur tavsiya va maslahatlar olishdi.
Shuningdek, qo‘shimcha tekshiruv hamda amaliyot talab qiladigan bemorlardan 12 nafari viloyat markaziga, 7 nafariga esa Toshkent shahriga borib tekshiruvlardan o‘tishlari uchun yo‘llanma berildi.

A.Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun