INKLYUZIV TA’LIM SINFLARI TASHKIL QILINSA…

Date:

Ta’lim tizimida faoliyat olib borguvchi o‘qituvchi-pedagoglar uchun oyligiga qo‘shimcha ustamalar ham berilishi belgilab qo‘yilgan. Albatta, ustama, ya’ni qo‘shimcha haq pedagogni o‘quvchilar ustida ishlashga undasa, boshqa tomondan moddiy rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. Mehnatga munosib haq olish esa har bir kasb egasini ruhlantirishi, ishiga bo‘lgan mas’uliyatni, mehr-muhabbatni oshirishi shubhasiz.
Yaxshi bilamizki, eshitishda, ko‘rish yoki boshqa jihatlarida muammosi bor bolalar ham sog‘lom bolalar qatorida maktabga qatnaydi. Qaysidir ma’noda ularning fanlarni o‘zlashtirishida muammo yoki orqada qolish holatlari kuzatilishi ham mumkin. Shunday hollarda maktablarda inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu sinflarga dars o‘tuvchi pedagoglar oyligiga esa qo‘shimcha ustama beriladi.
Savol tug‘ilishi, tabiiy, xo‘sh, ushbu sinflar qanday tartibda tashkil etiladi?
Atish kerakki, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar boshqa (sog‘lom) bolalar bilan bir qatorda maktabga qatnab muayyan sinfning o‘quv rejasiga mos keladigan o‘quv dasturlari doirasida tahsil olishi inklyuziv ta’limni tashkil qiladi. O‘quvchilarni inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish hamda chiqarish hududiy xalq ta’limi boshqarmasi huzurida tashkil etilgan “Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” xulosasiga ko‘ra ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.
Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga eshitishda, ko‘rishda, tayanch-harakat apparatida, nutqida nuqsoni bo‘lgan, somatik kasalliklari mavjud bolalar qabul qilinadi. Maktab ushbu toifadagi bolalarni qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas.
Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga ustama sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bir nafar bola uchun lavozim maoshining 10 foizi, ikki nafar bola uchun 20 foizi, uch nafar bola uchun 30 foizi miqdorida, ikki va undan ortiq inklyuziv ta’lim sinflarida to‘rt nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchilar va maxsus pedagoglarga lavozim maoshining 40 foizi miqdorida belgilanadi.
Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘qituvchilari va maxsus pedogoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida to‘lanadi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarorida batafsil keltirib o‘tilgan.

Manbalar asosida H.Kamolova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

678 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Denov tumani "Yoshlik" mahallasi Alamjahon qishlog‘i aholisi uchun diametri...

Mashg‘ulotlar boshlandi

O‘zbekistonda qirg‘iz-o‘zbek kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar 14-oktyabrga...

Kaskad usulida…

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Mehribonlik korpusi...

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi

Ezgu amallarni o‘zida mujassam etgan “Yashil makon” umummilliy harakati...
KunTun
KunTun