Aholi xavfsizligini taʼminlash uchun…

Date:

Bahor oyining qoq o‘rtasida qo‘shni davlatda qor yog‘ayotgani haqida eshitgan bo‘lsak, kuni-kecha poytaxtning ayrim nuqtalarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasi ko‘chalarni suv bosgani tushirilgan videolavhalar e’tiborimizni tortgni aniq. Erta tongdan esa viloyatimiz hududida ham yog‘ingarchilik kuzatildi. Bunday ob-havo, albatta, barchani sergaklantirishi aniq. Ayniqsa, tog‘li hududlarda bahor-yoz oylarida sel, suv toshqinlari va ko‘chki kuzatilishi turgan gap. Bunday holatlarda Surxondaryo viloyati hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Boysun tumanidagi ana shunday xavf mavjud hududlarda aholi xavfsizligini taʼminlash yuzasidan FVDqT xizmatlari ishtirokida daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
O‘quv mashqida dastlab Boysun tumanida tashkil etilgan mexanizatsiya yig‘ma guruhining maxsus muhandislik texnikalari va shaxsiy tarkibining saf ko‘rigi o‘tkazildi. Ko‘rikda jami 35 ta muhandislik texnikasi va 120 nafar shaxsiy tarkib ishtirok etdi. Jumladan tumandagi “Shirinobod” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Hongaronsoy” soyining qirg‘oqlarini mustahkamlash, soy o‘zanini tozalash hamda to‘planib qolgan qum-shag‘allar ushbu mahalladagi ichki ko‘chalarni taʼmirlashga sarflandi.
Maxsus taktik o‘quv mashqlar va amaliy ishlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom ettiriladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun