Surxondaryoda “Salomatlik sayllari” o‘tkazilmoqda

Date:

Odatda boshimiz yostiqqa tegib, to‘shakka mixlanmaguncha tibbiy ko‘rikka bormaymiz. Bungacha esa kasallikni avj oldirib yuboramiz yoki asoratlari bilan ham kurashishimizga to‘g‘ri keladi. Aslida esa sog‘lik o‘zimiz uchun kerak. To‘rt muchamiz sog‘ bo‘lar ekan, boshqa narsalar haqida o‘ylaymiz, rejalashtiramiz. Vaqti-vaqti bilan shifokor nazorati va tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish esa salomatligimizni asrashga xizmat qiladi.
Xalq sihat-salomatligi esa nafaqat o‘zimizning, balki davlat darajasida e’tibor lozim bo‘lgan jihat sanalayotgan hozirgidek bir paytda tez-tez bepul tibbiy ko‘riklarning tashkil etilib turishi bu boradagi amaliy ishlarning bir ko‘rinishi deyish mumkin. 7 aprel — Xalqaro salomatlik kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Salomatlik sayllari” oyligi o‘tkazilayotir. Oylik doirasidagi tadbirlar Surxondaryoda ham davom etmoqda.
Erta tongdan Boysun tumanidagi Musiqa va sanʼat maktabida yigirmadan ortiq mutaxassislik bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarning malakali shifokorlari, shuningdek, viloyat tibbiy muassasalarining yetuk mutaxassislari aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiy asbob-uskunalar, anjomlar bilan tuman ahlini kutishayotir. Chorlovga “labbay” degandek, sog‘ligida muammosi va shikoyati borlar mutaxassislar qabuliga shoshishdi.
Boysunliklar qabul davomida kerakli tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi, tahlillar topshirishdi, so‘ng poytaxtdan kelgan malakali shifokorlar tomonidan kerakli muolajaa tayinlandi. Aytish kerakki, ushbu aksiya 21-aprelga qadar davom etadi va viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilishi belgilangan. Bu muddatga qadar zaruriy holatlarda kerakli jarrohlik amaliyotlari ham o‘tkaziladi. Bunday aksiyalarning tashkil etilishi voha ahlining uzog‘ini yaqin, muammosini esa hal etishga yordam beradi. Asosiysi esa ular shifo istab viloyat markazi yoki poytaxtga borib o‘tirishmaydi, axir poytaxtimizning tajribali soha mutaxassislari sihat tilab o‘zlari kelib o‘tirishibdi-da.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun