Ko‘chalar, ko‘chalar, oydin ko‘chalar…

Date:

Albatta, tekin va beminnat elektr energiyasidan foydalanish turganda kim ham cho‘ntagidagi mablag‘ni sarflashni istardi. Yetmaganiga quyosh panellaridan foydalanishda ko‘plab yengillik va imtiyozlar yaratib qo‘yilgan bo‘lsa…
Shu sababdan ham vohamizda qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalarini joriy etish, obyektlarda quyosh panellari o‘rnatish ishlari keng miqyosda olib borilayotir. Aholi xonadonlari, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarda quyosh panellari, quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatilmoqda.
Termiz tumani “Bunyodkor” mahallasida ham mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ko‘chalarni yoritish uchun quyosh panelli chiroqlar o‘rnatish ishlari boshlab yuborilgan. Tadbir doirasida mahallaning 4 ta ko‘chasida jami 85 ta quyosh panelli ko‘cha yoritish chiroqlari o‘rnatiladi. Amaliy ishlar yakunlangach esa o‘sha mashhur qo‘shiqda kuylanganidek, “Ko‘chalar, ko‘chalar, oydin ko‘chalar…” aholi yo‘lini yoritishga xizmat qilish bilan birga, qanchadan-qancha mablag‘ va kilovatlarni ham tejaydi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun