Oiladagi zo‘ravonlik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Date:

Teng huquqlilik, gender tenglik haqida tinmay bong uramiz. Ammo, bugungi kunda xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotida ko‘plab muammolar yuzaga kelayotgani ham haqiqat. Xotin-qizlar va bolalarning huquqlariga daxl qiluvchi jinoiy qilmishlar uchun mutanosib sanksiyalar belgilanmagan. Shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun ham ma’lum bir javobgarlik nazarda tutilmagan.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi order muddati (30 kun) esa xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini yetarli darajada himoya qilish imkonini bermaydi. Aliment to‘lolmagan shaxslarga jazo sifatida jarima tayinlanishi yanada moddiy qiyinchiliklarga olib kelayotganini ham rad etib bo‘lmaydi. Mana shunday holatlardan kelib chiqib, qonun loyihasi bilan nomusga tegish, voyaga yetmagan shaxs ishtirokidagi pornografik mahsulotni tayyorlash va tarqatish va shu kabi boshqa holatlar bilan bog‘liq jinoiy xatti-harakatlar uchun jazo choralari og‘irlashtirilmoqda. Mazkur jinoyatlarni sodir etgan shaxslar uchun jazo tayinlashni yengillashtiruvchi holatlar, shu jumladan, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qo‘llash taqiqlanmoqda.
Yana bir muhim yangilik – oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik kiritilmoqdaki, bunda xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha eng zamonaviy xalqaro normalar va xorijiy tajribadan kelib chiqib, jismoniy zo‘ravonlik bilan bir qatorda iqtisodiy va ruhiy zo‘ravonlik uchun ham maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanayotir. Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi xotin-qizlar va bolalarning tazyiq hamda zo‘ravonlikka uchrashining oldini olish, oila institutini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Surxontongi.uz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Musiqa terapiya assotsiatsiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda musiqa terapiya sohasini rivojlantirish va uning zamonaviy tibbiyotdagi...

Tarbiyalanuvchilar uchun avtobus ajratildi

Boysun tumanining chekka hududlaridagi bolalar uchun maxsus avtobus ajratildi....

Narxlar barqaror

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik nafaqat issiqlik ta’minoti yoki energiya masalasi,...

Yangi o‘quv markazlari tashkil etiladi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida rektor Rasul To‘rayev...
KunTun
KunTun