Kimlar referendumda ishtirok eta olmaydi?

Date:

Muhim tarixiy jarayon oldida turibmiz, ya’ni shu yilning 30-aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi. Referendum oldi jarayonlar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari esa qizg‘in tus olgan. Unda xalqimiz ahlining faolligini, befarq emasligini kuzatish mumkin. Bo‘lib o‘tajak referendumda esa fuqarolar o‘z huquqlaridan foydalanib, siyosiy irodasini namoyon etadi.
Xolbuki, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 6-moddasida referendumda ishtirok etish huquqiga oid normaga ko‘ra referendum o‘tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi ham referendumda ishtirok etishga to‘la haqli.
Qolaversa, Qonunning mazkur moddasida referendumda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmaganlar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqiga ega emas.
Yana bir gap, kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etiladi. Shunday ekan, yurtimizning har bir fuqarosi faollik ko‘rsatib, yangilanayotgan qonun loyihasining mazmun-mohiyatini anglagan holda referdumda ishtirok etishi lozim.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun