“Xush kelding Navro‘z!”

Date:

Navro‘z — yangi kun, yangi yilning boshlanishi demak. Bu kunning ham o‘z tarixi bor. Xalqimiz esa ushbu qutlug‘ ayyomni qadimdan nishonlab keladi. Urf-odatlarimizni, an’ana va qadriyatlarimizni joyiga qo‘yishadi. Albatta, Navro‘z sumalaksiz, milliy taomlarimizsiz o‘tmaydi. Ana shunday an’anaga rioya etgan Termiz davlat universiteti arxitektura va qurilish fakultetining o‘qituvchi-pedagoglari hamda talaba-yoshlari “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan “Xush kelding Navro‘z!” nomli bayram dasturini tashkil etdilar. Bayram munosabati bilan doshqozonda sumalak pishirildi.

Ustozlar yoshlarga “Navro‘z” bayramining tarixi, uning qadimdan nishonlanib kelishi va milliy urf-odatlar, an’analar bebaho ne’mat ekani, ularning yoshlar tarbiyasidagi roli kattaligi haqida so‘z yuritishdi. “Sumalak sayli”da bayram dasturxoni yozildi. Dasturxonga esa talabalar o‘zlari tayyorlashgan turli xildagi milliy taomlarimiz — ko‘k somsa, halim, chalpak va pishiriqlardan tortishdi.
Talabalar ijrosidagi laparlar, ajoyib va xalqona kuy-qo‘shiqlar o‘yin-kulguga, raqsga ulandi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun