VAZIR SURXONDARYOLIK FAXRIY USTOZLARNI TAQDIRLADI

Date:

Umrini kasbiga, o‘z sohasiga baxshida etgan inson kam bo‘lmaydi. Topgani obro‘-e’tibor, xalq mehri, hurmati bo‘ladi. Shuning o‘zi esa insonga eng keraklisi, eng qimmatli ordendek g‘urur, iftixor beradi. Ta’lim tizimida ana shunday fidoyi, umrini ta’limga bag‘ishlagan ustoz-pedogoglar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular shogirdlari, hamkasblari va yoshlarning ardog‘ida, e’zozida bo‘lib kelishayotir. Qolaversa, ana shunday ustozlarning ibratli hayot yo‘li, boy tajribasidan foydalanmoq, ommalashtirmoq nafaqat soha uchun, o‘g‘il-qizlarimizning ertangi kuni uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatida uzoq yillardan buyon o‘quvchilarga bilim berib kelayotgan bir guruh ana shunday fidoyi ustozlar bilan uchrashdi. Uchrashuv manzili esa Termiz shahridagi 26-sonli maktabi bo‘ldi.
Vazir Hilola Umarova so‘zga chiqib, ta’lim tizimining rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan o‘qituvchilarning mehnatini alohida e’tirof etib, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. O‘z navbatida ustoz-pedagoglar ham maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar, ijobiy o‘zgarishlar hamda joriy etilayotgan tashabbuslar haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.Uchrashuv bahonasida 30-35 yildan buyon ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan 20 nafar faxriy ustoz “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ko‘krak nishonlarini vazirning shaxsan o‘zi egalarining ko‘ksiga taqib qo‘ygani taqdirlanganlarni ikki karra shodlantirdi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun