Vatan xizmatiga otlandi

Date:

Termiz shahridagi temir yo‘l vokzali har doimgidan-da gavjum. Bu yerda o‘zgacha kayfiyat, his-tuyg‘ular hukmron. Jarayonni kuzatishning o‘ziyoq kishini hayajonga soladi. Sababi er yigitlar egnilariga yarashgan harbiylik libosida Vatan xizmatiga otlanishgan. Ularning qadam tashlashlari, egnidagi libos mas’uliyati va salobati ham bu kunda ko‘rgan ko‘zning e’tiborini tortmay qolmaydi.

Mard o‘g‘lonlarni kuzatishga chiqqan ota-onalar, ularning yaqinlari esa bo‘lajak askarning hayajoniga, xursandchiligiga sherik. Termiz temir yoʻl vokzalida Surxondaryo viloyati tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan 470 nafar harbiy xizmatga chaqiriluvchilar Vatan oldidagi muqaddas burchlarini oʻtash uchun muddatli harbiy xizmatga kuzatildi.
Janubiy operativ qo‘mondonligi, Surxondaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, Termiz harbiy prokuraturasi, ota-onalar, faxriylar, ijodkor va san’atkorlar bo‘lajak yurt posbonlariga yuksak ishonch bildirib, ularning faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun