Vazir Hilola Umarova Denovda

Date:

Yosh avlodni har jihatdan bilimli, intiluvchan va zukko qilib voyaga yetkazishda maktabgacha va maktab davrida beriladigan ta’lim-tarbiyaning ahamiyati juda yuqori turadi. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabi bir umrlik hamrohga aylanib, kelgusi hayot yo‘llarida, mehnat faoliyati-yu, turish-turmushida o‘ziga xos bir poydevor vazifasini o‘tashi shubhasiz.
Shundanmi, bugun maktabgacha yoshdagi o‘g‘il-qizlarni bog‘chaga qamrab olish, ularning zamonaviy ta’lim maskanlarida yaxshi tarbiya topishlari, bilimning ilk saboqlarini olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.
Hududlarda ta’lim sifati qay darajada ekanligiga bolajonlar uchun qanday sharoit hozirlanganligiga bugun barcha darajadagi rabarlar e’tibor qaratishmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Denov tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab va 82-umumiy oʻrta ta’lim maktabida boʻlib, oʻquvchi va oʻqituvchilar bilan suhbatlashdi hamda maktablarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Ma’lumot uchun, 2023-yil 1-yanvardan boshlab vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartirilib, maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari birlashtirilgan edi.

A.Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun