Paxta ekish oldidan ehson qilindi

Date:

Janubiy o‘lkamizda bahor ertaroq keladi. Quyosh nurini qizg‘onmay socha boshlaydi, ob-havoda iliqlik seziladi. Daraxtlar kurtak yozib, gullar yerdan yuz ochib boshlaydi. Ana shunday pallada esa dalada ishlar qizg‘in tus oladi. Bobodehqon ketmonini oladi-da, rizq-ro‘z, mo‘l-ko‘l hosil tilab ishga kirishadi. Demak, oq oltin – paxta ekish tadbirlarini boshlashga muddat kelganini vaqtning o‘zi ko‘rsatib turgan ekan, har soniyani g‘animat bilmoq lozim.
Milliy boyligimiz bo‘lgan paxta ekish tadbirlari avvalida esa Sherobod tuman hokimligi hamda “Surxondaryo agroxizmat” MCHJ tomonidan ehson oshi tarqatildi. Yosh-u keksa, belini mahkam bog‘lab yordamga kelgan borki, oshga taklif etildi. Bir piyola choy ustida nuroniylarning duosi olindi. Ekilayotgan paxta o‘sib-unib, kelgusida hosilning barakali bo‘lishi niyat qilindi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun