Bosh vazir o‘rinbosari Angorga tashrif buyurdi

Date:

Ayol bilimli, serg‘ayrat, oqila bo‘lishi bilan bir qatorda, albatta, biror bir hunar egasi bo‘lishi kerak. Qo‘lida yumushi, hunari bor ayol doim ishning o‘zginasini emas, ko‘zini bilib-bilib harakatini qiladi. Vaqtdan unumli foydalanib, oila tutumi, bola tarbiyasida ham uddaburon bekaga aylanadi. Negaki, uning bo‘sh vaqti bo‘lmaydi. Ro‘zg‘orini uddalab, ishiga shoshadi. Jamoa orasida mehnat qilib toblangan ayol esa oq-qorani taniydi. Farzandlari kelajagida onaning o‘rni juda muhim. Shuning uchun ham ayol shunchaki uy bekasi bo‘lib emas, mehnat qilib, doimo harakatda bo‘lib turishi kerak. Bugun jamiyatda ayolning, onaning mavqeyini ko‘tarish, uni biror bir ish bilan ta’minlash yo‘lida ko‘plab amaliy harakatlar qilinmoqda.
Anor tumanida ham xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar orasida 1000 nafar ayolni ish bilan ta’minlash maqsad qilingan “Hunarmandchilik markazi”ni alohida ta’kidlash mumkin.

Bu degani bir emas, naq 1000 nafar ayolning ro‘zg‘origa ushbu markazda hunarini ishga solish orqali baraka kiradi. Demakki, shuncha ayol hayotdan va jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlardan mamnun holda turmush kechirishga intiladi.
Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpibayeva Angor tumanida bo‘lib, Yangi turmush mahallasida joylashgan “Hunarmandchilik markazi” faoliyati bilan tanishdi.
Markazda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashib, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan qiziqdi.
Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari mas’ullarga markaz faoliyatini kengaytirish bo‘yicha tavsiya va takliflari berdi.

A.Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun