42 ta oilaga yordam ko‘rsatildi

Date:

Xalqimiz xayr-u saxovatni, oqibat va odamgarchilikni unutmaydigan, insoniylik fazilatlari bilan o‘zgalar og‘irini yengil, mushkulini oson qilishga odatlangan hislatlari bilan e’tirof etgulik. Ayniqsa, bu yo‘lda prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi chin maʼnoda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, yakka-yolg‘iz, sog‘ligida muammosi bor aholining ko‘makchisiga aylandi.
O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Surxondaryo viloyat boshqaruvi huzurida ochilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan doimiy tarzda aholining yordamga muxtoj qatlami qo‘llab-quvvatlanib, kerakli yordam ishlari ko‘rsatilib kelinmoqda. Birgina joriy yilda 300 dan ortiq ehtiyojmand oila va shaxslarga saxovat va muruvvat yordamlari ko‘rsatildi.
Sho‘rchi tumanida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Temir daftar”da turgan 4 nafar fuqaro xonadoniga qayta tiklanuvchi energiya manbalari – quyosh panellari o‘rnatib berilgani ham ana shunday saxovat ishlarining amaldagi bir ko‘rinishidir.
Hali bu hammasi emas, Xalq deputatlari tuman kengashining qaroriga asosan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 42 ta oila vakillariga 84 million 900 ming so‘m mablag‘lar plastik kartochkalariga o‘tkazib berildi. Ishonamizki, ushbu yordam pullari ana shuncha oilaning koriga yarashi, kamini to‘ldirishi aniq.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun