Quroldosh do‘stlar uchrashdi

Date:

Urush — bu so‘zning o‘ziyoq ko‘ngilga g‘ulg‘ula, dahshat soladi. Shoira aytganidek, bu so‘zning nomi dunyodan o‘chishini pichirlay boshlaymiz. Yon qo‘shnimiz Afg‘onistonda yillar davomida notinchlik bo‘lgani, katta avlod vakillari bo‘lmish vatandoshlarimiz ana shunday harbiy harakatlarga qo‘shilib, qon kechgani, jon olib, jon berganini yaxshi bilamiz. Ana shunday afg‘on urushi qatnashchilarining o‘sha davrda boshidan kechirgan voqealarni ko‘p bora eshitganmiz ham.
Afgʻonistonda ekstremizmga qarshi harbiy harakatlari tugatilganiga ham 34 yil bo‘libdi. Angor tuman hokimligi tomonidan shu munosabat bilan “Ofarin” bazmgohida tadbir tashkil etildi. Tadbirga harbiy harakatlarda ishtirok etgan bir guruh vohadoshlarimiz taklif etildi. Samimiy va ajoyib tarzda boshlangan bayramda jam bo‘lgan quroldosh doʻstlar bir piyola choy ustida bir-birlari bilan diydorlashishdi, dildan suhbat qurishdi.
Uchrashuv bahonasida soʻzga chiqqanlar urushning dahshati, azobi haqida to‘xtalish bilan birga, bugungi dorilomon, tinch-osuda kunlarning qadriga yetmoqlik lozimligini ta’kidladilar. Ezgu tilaklar kuy-qo‘shiqlarga, sho‘x-shodon ohanglarga ulandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun