Energiya tejashga erishildi

Date:

Tejamkorlik, bor ne’matlardan oqilona foydalanish har qanday zamonda ham muhim hisoblanadi. Energiya tejamkorligiga erishish esa naqdimizni ham tejaydi. Ekologik toza, qayta tiklanuvchan energiyadan foydalanish har jihatdan foyda keltiradi. Uzoq o‘tmishni emas, yaqindagina yurtimizga mehmon bo‘lgan anomal sovuqni eslaylik, elektr ta’minotidan 5 daqiqalik uzilish ham uyimizni sovutib, issiqxonasi bor-u, parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning ishini yo‘qqa, daromadini puchga chiqardi. Demak, qish mavsumini talafotsiz o‘tkazish uchun ham noanʼanaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish davr talabi.
Surxondaryo viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish esa tobora ommalashmoqda. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida esa birinchi qadam tashlandi. Ya’ni boshqarmada kichik quyosh elektr stansiyasi o‘rnatildi. Ushbu qurilma binoni kunduz kuni elektr energiya bilan to‘liq taʼminlash quvvati va imkoniyatiga ega. Ushbu quyosh elektr stansiyasining quvvati 30 kilovatt bo‘lib, 56 ta quyosh paneli hamda 2 ta 200 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari ham ishga tushirildi. Natijada 30-40 foiz energiya tejalishiga erishildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun