Afg‘onistonda Alisher Navoiy yodgorligi buzilganmi?

Date:

O‘zbek xalqi o‘zligini, shonli tarixini o‘rganishdan to‘xtamaydi. Madaniy va moddiy meros obyektlari, ma’naviy xazinalarimizni, ulug‘ ajdodlarimiz va allomalarimizni qadrlaymiz. Ular ila qalbimiz g‘ururga to‘ladi. Yaqindagina ikki buyuk siymo — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz tavallud topgan sana munosabati bilan ularni yod oldik, ruhlarini shod etdik. Xalqimiz faqat muhim sana kunlarida emas, balki yil davomida ana shunday siymolar ijodini, shaxsiyatini o‘rganishdan to‘xtagan emas.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Afg‘onistonda Alisher Navoiy yodgorligi buzib tashlangani haqidagi xabar esa ko‘pchilik yurtdoshlarimizni qayg‘uga solgani aniq. Ushbu masala yuzasidan Tashqi ishlar vaziri Afg‘oniston hukumati vakillari bilan bog‘landi ham. Ular esa “ushbu vandalizm holati qardosh O‘zbekiston bilan ko‘p asrlik do‘stona munosabatlarni mustahkamlash tarafdori bo‘lgan hukumat rasmiy siyosatini aks ettirmaydi, nomaʼlum shaxslarning o‘zboshimchalik va o‘ylamasdan qilgan harakati natijasi bo‘lib, umumiy tarixiy va madaniy merosimizga zarar yetkazadi”, mazmunida javob qaytarishgan.
Axir omi va savodsiz inson ham Alisher Navoiy deganda o‘zbek tilining asoschisi, so‘z mulkining sultoni, shoir va davlat arbobi bo‘lgan dilbar shaxsni tushunishi haqiqat-ku? Nega endi bunday qabihlikka borish mumkin? O‘tganlar ruhini shod etish, nomlariga duoda bo‘lish o‘rniga ongsizlarcha qilingan bunday harakatni oqlab bo‘lmaydi.
Ayni paytda esa Afg‘oniston hukumati vakillari tomonidan yodgorliklarni tiklash va umumiy merosimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish choralari ko‘rilmoqda.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘rganish ishlari olib borildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahridagi chiqindixonalarda to‘planayotgan chiqindilar oʻz vaqtida...

Bolajonlar quvonchi cheksiz

Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolajonlarning bog‘chaga qamrovini kengaytirish maqsadida hududlarda,...

Manfaatli kelishuvlarga erishildi

Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning...

35 kishining bandligi ta’minlandi

Tadbirkor tashabbus ko‘rsatib, o‘z faoliyatini boshlasa yoki ishini kengaytirsa,...
KunTun
KunTun