“Yoshlar parlamenti saylovi”: hududiy saralash bosqichi boshlandi

Date:

Bugunning yoshlari har sohada ilg‘or. Siyosiy jarayonlarda ham o‘z fikr va pozitsiyasiga ega. Faqat ularga kerakli imkonni berish lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzurida Yoshlar parlamentini tashkil etish boʻyicha Senat Kengashi qarori, Yoshlar parlamenti Nizomi va Yoshlar parlamentini tashkil etish hamda faoliyati samaradorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihalarining ishlab chiqilgani yoshlarga ana shunday imkonni bera oldi deyish mumkin.
Turli yoʻnalishlarda faoliyat olib borayotgan tashabbuskor, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy nuqtayi nazarga, keng dunyoqarash va chuqur bilim hamda liderlik salohiyatiga ega 18-30 yosh boʻlgan fuqarolar orasidan gender tenglik taʼminlangan va jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni ham jalb qilgan holda yoshlar parlamenti a’zolari shakllantiriladi. Bunda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga saylangan yoshlar vakillaridan har bir hududdan teng miqdorda 6 nafardan jami 84 nafar va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tavsiyasiga koʻra 10 nafar hamda Senatning Yoshlar madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tavsiyasiga binoan 6 nafar yosh Senat Kengashi qarori bilan Yoshlar parlamenti aʼzoligiga tasdiqlanadi.
Yoshlar parlamenti tomonidan qabul qilingan hujjatlar tavsiyaviy xarakterga ega boʻladi va hujjatlarni tayyorlash hamda rasmiylashtirish bilan Yoshlar parlamenti kotibi shugʻullanadi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Yoshlar parlamenti saylovi”ning hududiy saralash bosqichi boshlandi. Shu maqsadda Yoshlar parlamentiga saylov o‘tkazish bo‘yicha tashkil qilingan Hayʼat aʼzolari hamda tashkiliy qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur saylovda 77-Angor hamda 81-Qumqo‘rg‘on saylov okruglaridan nomzod etib ko‘rsatilgan faol yoshlar ishtirok etdi.
Saylovga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi doirasidagi jarayonda Hayʼat aʼzolari tomonidan yoshlarning partiyaga xayrixohligi, har jabhada faol, tashabbuskorligi, eng asosiysi huquqiy va siyosiy savodxonligi, erishgan muvaffaqiyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Nomzodlar partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini keng targʻib qilishni nazarda tutgan takliflari hamda loyihalari, yoshlarga oid davlat siyosatiga doir qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan Saylovoldi dasturlarini taqdimot koʻrinishida izohlab berishdi.

S.Normurodova,
N.Muhibulloyev
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

AI–80 cheklanadi

Yil yakuniga qadar barcha kuch va resurslarni safarbar etib,...

Qadog‘ida tarkibi yozilishi shart

Joriy yilning 1-sentabridan boshlab, sanoat sharoitida qayta ishlangan va...

Velosipedda harakatlangan ragʻbatlantiriladi

2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va...

Mahalla binosi qurilishi boshlandi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida aholiga qulay sharoit yaratish va...
KunTun
KunTun