Termizda ilk bor mediamaktab faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Date:

Jurnalistika sohaga qiziquvchi har bir yoshni o‘z olamiga olib kiradi-da, iqtidorini namoyon etishga imkon beradi. Bu esa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Jurnalistman deya aytadigan har kim avvalo kasb sirlarini o‘rganishi, izlanishi, bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rmog‘i lozim. Bu mashaqqatli jarayon. G‘alvir suvdan ko‘tarilganda esa haqiqiy jurnalistman deganlargina qoladi.
Bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonda jurnalistdan jamiyatdan bir necha qadam oldinda yurishi va so‘zdan mahorat ila foydalana olishi talab etiladi. Aks holda e’tibor va e’tirof qozonish qiyin. To‘g‘ri, oliy ta’lim sifatida soha mutaxassislari tayyorlanadi. Ammo, yoshlarning sohaga qiziqishi bu yoshdan-da oldinroq uyg‘onadi. Ularga esa boshlang‘ich bilimlarni o‘rgatish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish lozim. Ana shundagina jurnalistikaga tashlangan ilk qadam o‘zini oqlaydi. Shu maqsadda Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Jurnalistikaga ilk qadam” mediamaktabiga loyihasiga start berildi. O‘quv kurslari davomida jurnalistikaning barcha sohasi qamrab olinadi. O‘quvchilar matbuot, tele va radio jurnalistikaning farqlari, internet saytlariga maqola tayyorlash bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari mumkin. O‘quv kurslariga esa 30 ga yaqin turli yoshdagi yigit-qizlar qiziqish bildirib, qatnay boshladilar.
Treningni ilk kunida matbuot nashrlariga xabarlar tayyorlash mavzusida loyiha treneri Mastura Hamroyeva ma’lumotlar berib o‘tgan bo‘lsa, keyingi dars mashg‘ulotlariga viloyatimizda ko‘zga ko‘ringan, katta ish tajribaga ega jurnalistlarni jalb etib, ulardan master-klasslar o‘tib berishlari reja qilingan. Bu esa o‘z navbatida har bir ishtirokchi-o‘quvchini sohaga qiziqtirishini oshirishga, yoritilajak mavzularni yanada yaxshi anglashlariga xizmat qiladi.
Navbatdagi master-klassda esa “Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalari tahririyati mas’ul muharriri S.Allayeva tomonidan o‘tkazildi va gazetaga maqola tayyorlash, mavzu tanlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, bugungi kunda omma e’tiborini tortadigan mavzular haqida suhbat bo‘ldi.
Aytish kerakki, ushbu kurslar 4 oy davom etadi va bu qisqa muddat ichida ularning orasidan sohada ijod qiluvchi yosh jurnalistlar yetishib chiqsa, ajab emas.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qashqadaryolik jurnalistlar Termizda

Har bir fuqaro saylash va saylanish huquqiga ega. Joriy...

O‘qituvchi maoshini o‘zi belgilaydi

O‘qituvchi-pedagoglar qadr topib, ular uchun barcha shart-shaoitlar yaratildi. Maqsad...

Loyihalar va taqdimotlar bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq...

Marburgga qarshi choralar kuchaytirildi

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika qit’asidagi Ruanda davlatida Marburg...
KunTun
KunTun