“Tez yordam” avtomashinasi topshirildi

Date:

Tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning har bir vakilining sog‘ligiga, hayotiga qilingan e’tibor, g‘amxo‘rlikday gap. Qaysi hududga, chekka-chekka qishloq va ovullarga bormang, oilaviy poliklinikalaridagi shart-sharoit hech bir shahardagidan qolishmaydi. O‘z navbatida uzog‘ini yaqin, muammosini zumda hal etilayotganidan, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatdan mamnunligi odamlarning yuzidan yaqqol namoyon bo‘lib turibdi.
Haqiqatan ham bugun oilaviy poliklinikalardagi holat kechagisidan tubdan farq qiladi. Risoladagidek tibbiy xizmat ko‘rsatilishi uchun barcha imkon bor. Ayniqsa, tajribali mutaxassislarning faoliyat yuritayotgani aholi salomatligini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Muzrabot tumanidagi “Obi hayot” mahallasida o‘tgan yili “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida ko‘pgina bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Mahalla hududida joylashgan 52-sonli oilaviy poliklika 1,8 milliard so‘m mablag‘ evaziga rekonstruksiya qilinib, mukammal taʼmirdan chiqarildi. Zamonaviy tibbiyot uskunalari va jihozlari bilan taʼminlandi.
Poliklinikada yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyat hokimi mazkur tibbiyot muassasasida bo‘ldi. Oilaviy poliklinikada aholiga tez tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini yanada yaxshilash maqsadida zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan “Volkswagen” tez tibbiy yordam mashinasi topshirildi.
Yana bir e’tiborli jihat shuki, viloyatda birinchilardan bo‘lib, ushbu oilaviy poliklikada “Elektron poliklinika” tizimi joriy qilingan. Bu esa kasallikni chuqur tahlil qilish, aniq tashxis qo‘yish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga qo‘yilgan tashxisni bir vaqtning o‘zida boshqa shifokorlar ham kuzatib borishi mumkin. Shuningdek, tizim orqali bemorlar qo‘yilgan tashhisga ko‘ra mutaxassislarga yo‘naltiriladi hamda uzoq kutishlar va navbatlarning oldi olinadi. Viloyat rahbarining taklifi bilan ushbu tizim bosqichma-bosqich viloyatdagi barcha tibbiyot muassasalarida joriy etiladigan bo‘ldi.

Sohibjmol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun