Zamonaviy maktab liderlar nigohida

Date:

Atrofdagilarni, jamoasini o‘ziga ergashtira oladigan rahbargina eng yaxshi yo‘lboshchi bo‘la oladi. Ana shunday jamoa ishida, faoliyatida o‘sish kuzatish mumkin. Lider yo‘lboshchi bo‘lish esa bugungi zamonning talabi hamdir. Ayniqsa, xalq ta’limi tizimida, maktablarda ana shunday rahbarlarga ehtiyoj yuqoriki, ularning faoliyati, yutuqlari boshqalarga ibrat va ulgu bo‘la oladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” loyihasi doirasida seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Boysun tumanidagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ham loyiha bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Ko‘zlangan maqsad esa oddiy — Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari tajribasini umumta’lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdir. Maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashga qaratilgan treninglarda ishtirokchilar faollikka chorlandi.
Ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lida aniq maqsad va yangicha yondashuvlar kerak. Ayniqsa, istiqbolli rejalarni shakllantirishda qadriyatlarimizni asos qilib olish, jamoaviy hamkorlik va hamjihatlikni yo‘lga qo‘yish lozim. Seminar davomida ayni shu jihatlarga e’tibor qaratildi.
“Liderlar haftaligi”ga start berilib, umumta’lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, samarali ta’lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish ishlari davom ettiriladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun