“Ipak yo‘lida turizm” xalqaro sayyohlik yarmarkasi: Surxondaryo viloyati delegatsiyasi bir qator kelishuvlarga erishdi

Date:

Turizm davlatning madaniy va moddiy, ma’naviy dunyosini tarannum etish, ko‘z-ko‘z etish orqali davlatga naf keltiradigan soha. O‘z-o‘zidan ayonki, turizm sohasining rivoj topishi tadbirkorlikda ham muvaffaqiyat keltiradi. Ko‘plab xizmat turlari, ish o‘rinlari yaratilshiga ham sabab bo‘ladi. Ushbu yosh sohaga e’tiborni kuchaytirish, turizm salohiyatini oshirish bugunning muhim talabi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Ayni maqsadda Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Ipak yo‘lida turizm—2022” 27-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘raev boshchiligida delegatsiya ham faol ishtirok etdi.

Dunyoning 30 ta davlatidan 300 nafardan ziyod soha mutaxassislari va rasmiylar ishtirok etgan mazkur xalqaro yarmarkada Surxondaryo viloyati Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya, Gruziya, Qirg‘iziston, Eron Islom Respublikasi, Belorusiya va Armaniston davlatlari bilan turizm oqimlarini oshirish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, “Ipak yo‘lida turizm—2022” xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda “Boysun” folklor etnografik xalq ansambli chiqishlari hamda vohaning turizm salohiyatini o‘zida aks ettirgan eksponatlar namoyishi barchaga manzur bo‘ldi. Viloyatimizning turizm jozibadorligi xorijlik mehmonlar hamda mahalliy ishbilarmon doira vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun