“Polo” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Date:

“Polo” musobaqasi haqida gap ketganda aytish kerakki, bu sport turi betakror va ajoyib. Ushbu qiziqarli jamoaviy oʻyin turi sportchidan tana va otni mohirlik bilan, mukammal darajada boshqarish hamda yuqori konsentratsiyani talab qiladi.

Poloning kelib chiqishi ulugʻ ajdodlarimizga borib taqalsa-da, uning sport turi sifatida shakllanish tarixi Buyuk Britaniya bilan bogʻlanadi. Inglizlar esa ushbu oʻyinni Britaniyaga Hindistondan olib ketishadi. Yevropada zamonaviy ot poygasi muxlislari jamoaviy oʻyinning yangi qoidalarini oʻylab topishgan va uni mukammal sport turi sifatida dunyoga olib chiqishgan.

boshqacha aytganda, bu o‘yin chavgon o‘yini eslatadi. O‘ynash texnikasi, chavandozdan talab etiladigan jihatlar ham o‘xshash. Zero, ota-bobolarimiz orasida ot poygasi, uloq-koʻpkari kabi etnosport turlari keng ommalashgan boʻlsa-da, ot polosi zamonaviy sport turi sifatida yaqindan rivojlana boshlagan.
Ana shunday musobaqa Qorabayir otlari mahorat maktabi tomonidan Termiz tumanida joylashgan “Otchopar” majmuasida tashkil etildi.

Chavandozlar o‘z mahorat va epchilliklarini namoyon etdilar. Musobaqa murosasiz va keskin baxslarga boy bo‘ldi. Muhimi, ot bilan dillasha olgan, mohir sportchi chavandozlar ustunligi yaqqol sezildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra 1-o‘rin
Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi jamoasining chavandozlariga teng keladiganlar topilmadi, ular 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun