Sherobodda dorivor o‘simliklar yetishtirilmoqda

Date:

Istaymizmi-yo‘qmi, issiq jonning isitmasi bezovta qilmay qo‘ymaydi. Biror joyimiz og‘risa, shifokor tavsiyasiga ko‘ra dorixonaga yo‘l olamiz va ro‘yxatdagi dorilarni xarid qila turib, narxidan fig‘onimiz falakka ko‘tariladi. Bu narxni cho‘ntagi ko‘tara olmaydiganlar qanday davo toparkin, degan savol tug‘iladi.
Narxi osmon dori-darmonlarning tarkibini o‘qisangiz, siz-u bizga yaxshi tanish, tog‘-u toshlarda o‘sadigan dorivor o‘simliklar bo‘lib chiqadi. Nahotki, o‘zimizda tekin o‘simliklarning dori holatga keltirilib, qadoqlanishi shunchalik qimmatga tushsaya?

Sherobod tumanining “O‘zbekiston” hududi “Xo‘jaqiya-2” mahallasida mahalliy tadbirkor qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashtirilgan “Mavluda Nurafshon Yo‘l” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 60 sotix yer maydonida “BBU” MCHJ qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda sinov tariqasida Tayland davlatidan keltirilgan “Gloriosa Lily” navli dorivor o‘simligi parvarishlanmoqda.

Ayni paytda alohida qarov va parvarish bilan o‘simlik qiyg‘os gullagan. Ajib ifori atrofga singib, kayfiyatni ko‘taradi. Foydali xususiyatlarga boy bo‘lgan ushbu o‘simlik bizning iqlim sharoitimizda yaxshi unsa, tumanning qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa, ana shunday dorivor o‘simliklarning ko‘plab turlarini o‘stirish rejalashtirilgan.
Zora, shundan so‘ng dorixonalarimizdagi dori-darmon vositalari narxida pastlash kuzatilsa, aholi salomatligi va cho‘ntagi uchun ham foyda bo‘larmidi…

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun