37 NAFAR AFG‘ONISTONLIK BITIRUVCHIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Date:

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tashkil etilgan ko‘rgazmaga qo‘yilgan kiyim-kechaklar, albatta, kishi e’tiborini tortmay qo‘ymaydi. Sinchkov odam borki, bu kiyimlarning dizaynini, choklarini ko‘radi, tekshiradi. Bu kiyim-kechaklarni qisqa kurslarda o‘qigan bo‘lajak tikuvchilar tikib bichganini bilsangiz, ularning mahorati va epiga qoyil qolasiz.

Ta’lim markazi hamda “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi” (UNDP) tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli (3 oylik) — tikuvchilik, avtomobil transporti hamda AKT yo‘nalishlarida 37 nafar tinglovchi kasb sirlarini o‘qib o‘rgandi. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan ilk bitiruvchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Kasb-hunar sirlarini o‘rgatish, o‘z bandligini ta’minlab daromad topish maqsadida yoshlarning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib kasbga yo‘naltirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu loyiha doirasida esa afg‘onistonlik yoshlar ham tikish-bichishni, avtomobillarga texnik yordam ko‘rsatish-u axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanishni o‘rganishdi.

Mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishda malakali professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari jalb qilindi. Dars jarayonlari qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi. Har qanday bilim amaliyotda sinalmas, tajriba almashilmas ekan, uni yaxshi o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Viloyatda mavjud sanoat va ishlab chiqarish korxonalari va IT PARK faoliyatlari bilan yaqindan tanishish, ish o‘rganish maqsadida tashkil etilgan qo‘shimcha amaliy darslar tinglovchilarning bilimlarini yanada mustahkamladi deyish mumkin.
Ular kurslarga qatnab boshlaganlarida “eplab ketarmikanman” degan ikkilanish ila o‘rganishni boshlashgan bo‘lishsa, uch oy o‘tib, bu ishonchsizlikdan asar ham qolmagan. Ularning yuz-ko‘zlarida o‘ziga ishonch va kelajakka bo‘lgan umidni sezish mumkin. Ularning har biri o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari va oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalarini to‘lqinlanib so‘zladilar.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun