YANGI BINODA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

Date:

Oltinsoy tumanidagi 45-maktab o‘quvchilari yangi o‘quv yilining boshlanganidan bir quvongan bo‘lsa, yap-yangi, barcha shart-sharoitlarga ega binoda, shinam sinfxonalarda o‘qishni boshlashlari ikki karra shod etdi.
Erta tongdan ko‘tarinki kayfiyatda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida boshlangan bayram tadbirida iqtidorli o‘quvchilar o‘z san’ati va mahoratini namoyon etdi.

Tuman hokim A.Jumayev ham maktabning ochilish marosimiga ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarning quvonchiga sherik bo‘ldi.

Ayniqsa, birinchi sinfga qabul qilingan bolajonlarning hayajoni cheksiz. Ular sinfxona ostonasidan ichkariga xatlashar ekan, ustozlari yorug‘ yuz bilan qarshi oldi. Tuman hokimi va nuroniy otaxonlarning duolari bilan o‘g‘il-qizlarning har biriga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun