Qumqo‘rg‘on tumanida Prezident ta’lim muassasalari ish boshladi.

Date:

Bugungi kunda ta’limga qaratilgan e’tibor har doimgidan-da muhim ahamiyat kasb etgan. Buni davlat umumta’lim maktablari qatorida Prezident maktablari, ixtisoslashgan maktab-internatlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan bilish qiyin emas. Muhimi yoshlar ko‘ngildagidek va talab darajasida ta’lim-tarbiya olsa, yetuk va salohiyatli kadr sifatida yetishib chiqsa, ko‘zlangan maqsad ham shu.

Viloyatda musiqa va san’at, fizika-matematika, chet tillariga ixtisoslashgan maktablarning faoliyatiga, bitiruvchilarning oliy ta’limga o‘qishga kirish kontingenti natija yomon emasligini ko‘rsatadi. Demak, tajribani amaliyotga keng tadbiq etish mumkin.
Viloyat bo’ylab “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida an’anaviy tarzda o‘quv yili boshlandi. Buning shukuhi, ko‘tarinki kayfiyati, albatta, o‘quvchi-yoshlarda sezildi. Ayni shunday muhim kunda Qumqo‘rg‘on tumanida Prezident ta’lim muassasalari agentligi qoshidagi Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ham o‘z ish faoliyatini boshladi.

O‘ziga xos ta’lim metodlaridan foydalanishni maqsad qilgan pedagoglar jamoasi bilim olish ishtiyoqida yonayotgan o‘g‘il-qizlarga munosib ta’lim-tarbiya berish uchun puxta tayyorlanishgan.
Ta’lim muassasasi barcha shart-sharoit va qulayliklarga ega, o‘z navbatida o‘quvchilar bu qulayliklardan unumli va to‘g‘ri maqsadlarda foydalanishadi. Ushbu dargohda ham “Birinchi qo‘ng‘iroq” chalinib, “Bilimlar kuni” keng nishonlandi.

Qumqo‘rg‘on tuman hokimi A.Normamatov ham ta’lim muassasasida tahsil olishni maqsad qilgan yoshlarning quvonchiga sherik bo‘ldi. Tashrif bahona muassasa ma’muriyati va yoshlarni Mustaqilligimizning 31 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanganligi munosabati bilan samimiy tabrikladi.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun