“Talabalikka bag‘ishlov”

Date:

Talabalik – orzular ro‘yobi, kelajak hayotga umid bag‘ishlovchi dastlabki yo‘l. Bugun esa aynan shu yo‘lga kirishning ilk kuni. O‘zimning talabalik ostonasidan xatlagan birinchi kunim hali hamon esimda. Yuksak orzu-umidlar bilan oliy ta’lim dargohiga qadam qo‘ygan inson yangidan-yangi maqsadlar, marralarni ko‘zlaydi. Ustozlarning ezgu va samimiy tilaklari qalbimdan joy olgan edi o‘shanda. O‘gitlar, tilaklar menga qanot bag‘ishlagandek edi, go‘yo.

Bugundan oliygohlarda yangi o‘quv yili noodatiy tarzda boshlandi. Tayyorgarlik esa har yilgidan boshqacha. Oliy ta’lim muassasalarida “talaba” unvoniga sazovor bo‘lganlarni qutlash maqsadida tashkillashtirilgan tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan. Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Talabalikka bag‘ishlov” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbiri esa buning isboti bo‘ldi.
Tadbirni institut rektori A. Jo‘rayev o‘z kirish so‘zi va tabrigi bilan ochib berdi. Tadbir davomida davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etilganlar alohida e’tirof etildi. Bolaning yutug‘idan o‘zidan-da ko‘proq ota-onalar quvonishi hech shubhasiz. Bu kunni ular farzandlaridan kam hayajon bilan qarshilaganlari yo‘q. So‘zga chiqqan ota-onalarning entikkan ko‘zlaridan farzandning istiqboliga ishonch namoyon edi.
Tadbirning yakunida institut faollari tomonidan tayyorlangan badiiy qismdan barcha birdek zavqlandi.

D.Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Menda savol bor?

Qaysi holatlarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish mumkin?—...

“Men buni uddalay olaman”

Hayot — bu turli sinovlar va imkoniyatlarga to‘la daryoga...

Metodik mahorat muhim

Maktabgacha ta’lim tizimi — bolalarning o‘qish, rivojlanish va tarbiya...

Ziyoratga olib boruvchi yo‘l obodonlashtirilmoqda

Yurtimizning qay bir hududiga bormang, qadimiy ziyoratgohlar, ularning nomlanishi,...
KunTun
KunTun