420 o‘rinli bino qurib bitkazildi

Date:

Ta’limga kiritilgan sarmoya kelajak uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi shunday Sherobod tumanida ham investitsiya davlat dasturi doirasida 29-umumta’lim maktabining 420 o‘rinli binosi qurib bitkazildi. 4 milliard 159 million so‘m mablag‘ sarf etilgan ta’lim dargohi yangicha ko‘rinish kasb etgan. Shinam va yorug‘ sinfxonalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Xullas, “o‘qiyman” degan yosh borki, munosib tahsil olishi mumkin.

Ushbu ta’lim dargohining tantanali ochilish marosimi “Bilimlar kuni”ga to‘g‘ri keldi. Katta bayram tadbirida o‘quvchi-yoshlar va ularning ota-onalari, o‘qituvchi-pedagoglar ishtirok etdi va ajoyib chiqishlar, kuy-qo‘shiqlardan bahra olishdi.

Quvonchli xabarlarning daragi bu bilan tugamadi. Sherobod tumanidagi “Uchyog‘och” mahallasi hududida joylashgan 12-umumta’lim maktabiga mazkur o‘quv yilida 140 o‘rinli yangi qo‘shimcha bino qurib berilgan bo‘lsa, “Ho‘jaqiya-1” mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabining 140 o‘rinli yangi filialining foydalanishga topshirilgani o‘quvchi-yoshlar ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun