“Qaysi sohada islohotlar o‘z samarasini berayotgan bo‘lsa, uning zamirida birinchi navbatda maktab ta’limi turganligini alohida e’tirof etish kerak”

Date:

5-sentyabr tongi… o‘quvchi-yoshlar uchun intiqlik va hayajon ila kutilgan fursat. Bu kunda maktablar ham o‘quvchilarini o‘z bag‘riga chorlash, yangi o‘quv yili uchun tayyor holatda. Termiz shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham ayni shu kayfiyat ustuvor.

O‘g‘il-qizlarning yuz-ko‘zidagi samimiyat, o‘qish va o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq yaqqol sezilib turibdi. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbirida Surxondaryo viloyat hokimining tashrifi va yangi o‘quv yili bilan o‘quvchilarni samimiy qutlagani kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.
— Qaysi sohada islohotlar o‘z samarasini berayotgan bo‘lsa, uning zamirida birinchi navbatda maktab ta’limi turganligini alohida e’tirof etish kerak, — dedi viloyat hokimi. — Haqiqatan ham “Najot ta’limda, najot tarbiyada — najot bilimda” ekani hayotda o‘z isbotini topib kelayotir. O‘quvchilar esa ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarga o‘zlarini bilim va iqtidori bilan javob bersa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning munosib ishtirokchisi bo‘lsa, nur ustiga nur.

Shuningdek, viloyat rahbari maktabning barcha pedagog xodimlarini sharafli va mashaqqatli ishlariga ulkan zafarlar, o‘quvchilarga esa bilim olish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan so‘ng, navbat Janubiy operativ qo‘mondonligi tasarrufidagi Termiz garnizoni manaviyat va ma’rifat markazining harbiy orkestr jamoasining jangovor qo‘l jangi, Xayrabod garnizoni harbiy qism faxriy qorovul vzvodi shaxsiy tarkibi chiqishlari tomoshabinlar hukmiga havola etildi. yoshlarni vatanparvarlikka chorlaydigan kuy-qo‘shiqlar va harbiylar xizmatchilarning chiqishlari, harbiycha liboslar er yigitlarda sohaga qiziqish uyg‘otishga xizmat qilgani aniq.

Maktab o‘quvchilarining iqtidorli o‘g‘il-qizlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, ajoyib raqslar barchada bayram kayfiyatini uyg‘ota oldi.
E’tirof etish kerakki, ikkinchi yil o‘z faoliyatini davom ettirayotgan maktabning yutuqlari maqtanishga arziydi. Munosib ta’lim-tarbiya olib kelayotgan o‘quvchilar o‘tgan o‘quv yilida turli tanlov va tadbirlarda, musobaqa va fan olimpiadalarida ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi. O‘tgan o‘quv yilida maktabni 12 nafar bitiruvchi tamomlagan bo‘lsa, ularning 1o nafari oliygoh talabasi bo‘ldi. Bu yil pedagog-o‘qituvchilar o‘z oldilariga qat’iy maqsad qo‘yib, bu natijani yuz foizga yetkazish uchun harakatni boshlash yuborishgan. O‘ziga xos ta’lim metodlaridan foydalanib, darslarda, darsdan keyingi mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun puxta hozirlik ko‘rishgan.

Bayram tadbirida jarangdor ovozi ila barchani o‘ziga qaratib, she’r o‘qiyotgan Mehribon Zohidjonova bugun katta maqsad va orzular bilan birinchi sinfga o‘qish uchun kelgan. Mehribon kabi umidli va iqtidorli yoshlarning 245 nafari 1-sinfga qabul qilindi.
Birinchi sinf o‘quvchilari tantanali ravishda kuzatilib, viloyat hokimi tomonidan ularning har biriga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.
“Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida yangi o‘quv yili boshlandi va barcha “Mustaqillik darsi”ga kuzatildi.

Sayyora Allayeva,
Naimullo Muhibulloyev,
(foto)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

678 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Denov tumani "Yoshlik" mahallasi Alamjahon qishlog‘i aholisi uchun diametri...

Mashg‘ulotlar boshlandi

O‘zbekistonda qirg‘iz-o‘zbek kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar 14-oktyabrga...

Kaskad usulida…

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Mehribonlik korpusi...

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi

Ezgu amallarni o‘zida mujassam etgan “Yashil makon” umummilliy harakati...
KunTun
KunTun