XIVAGA SAYOHAT QILISHDI..

Date:

Sayr-u sayohat qilib, yurt kezish, ziyorat qilish insonga bir olam quvonch, motivatsiya beradi. Mazmunli xordiq kelgusi ish faoliyatimizga-da ta’sir etmay qolmaydi. Ana shunday sayohatni mehnatingizga munosib baho sifatida siz uchun uyushtirishsa, undan-da yodda qolarli xotiralar baxsh etishi shubhasiz.

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan dam olish kunlarida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan filial mehnat jamoasidan bir guruh ishchi-xodimlar Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlariga sayohat uyushtirildi. Kerakli anjomlarini yelkaga ilib, sayohatga otlanganlar qadimiy va mahobatli Xiva va Urganch shaharlarining diqqatga sazovor joylarini, me’moriy obyektlari va qadimiy yodgorliklari, madrasalar va maqbaralarni tomosha qildilar.

Haqiqatan ham olis o‘tmish bilan yuzlashtirib turuvchi ushbu shaharlar o‘z ko‘rinishini asl holatdagidek saqlab turgani bilan ahamiyatli va e’tiborga molik. Mana shunday durdona qadamjolarni kezib yurgan borki, o‘zini Xiva xonligiga tushib qolgandek his etadi. O‘tmish shukuhi va muhitini ko‘ngillariga olib kiradi.
Ham sayohat, ham ziyorat qilish imkoniga ega bo‘lgan sayohatchilar bir olam taassurotlar bilan qaytishdi…

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun