“Yana bir sovg‘a…”

Date:

Muzrabot tumanidagi “Dehqonobod” mahallasi uchun zamonaviy bino qurilib, foydalanishga topshirilgani mahalla aholisi uchun yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — Mustaqilligimizning 31 yilligi bayramiga yana bir sovg‘a bo‘ldi.
Mahalla binosining foydalanishga topshirilishi bayramga ulanib ketdi. Ochilish marosimiga Surxondaryo viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Farrux Tairov, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bino ochilishi uchun nuroniy otaxonlar ishtirokida ramziy bog‘ich qirqilib, tadbir ishtirokchilari bino ichkarisiga taklif etildi. Aytish kerakki, binoda faoliyat ko‘rsatuvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Mahalla ahlining mushkulini oson, muammolarini hal etish uchun tinim bilmay ishlaydigan faollar endi shinam xonalarda xizmat ko‘rsatishadi. Bunday bunyodkorlik ishlarini kuzatib turib, buni ozod va obod yurtda inson qadri ulug‘lanayotganining amaliy ifodasi deyish mumkin.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun