HOKIM O‘TGAN DARS O‘QUVCHILAR UCHUN MOTIVATSIYA BO‘LDI

Date:

Mustaqillik — osonlik bilan qo‘lga kiritilgan emas. U zamonlarda yashagan, davr shukuhini, hayajonini his etgan insongina buni yaxshi biladi. Ha, mustabid tuzumning qattiq nonini tishlaganlar, ikki davrning muhiti-yu nafasidan bahramand bo‘lganlar bugungi kunning qadriga hammadan ham ko‘proq yetadi. Maqsad bitta — yosh avlodga buni tushuntirmoq, tinchlik, erkinlikdek ne’matni qadrlamoqqa o‘rgatmoq lozim. Ana shundagina farzandlarimiz har lahzasidan shukrona tuyadi va undan unumli foydalanmoq yo‘lini topadi. Sho‘rchi tuman hokimi Baxtiyor Xudoyberganov tumandagi 1-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilariga mustaqillik darsini o‘ta turib, Mustaqillikning buyuk ne’mat ekani haqida to‘xtaldi. Aytish kerakki, tuman hokimining aytganlari o‘quvchilar uchun o‘ziga xos motivatsiya bo‘ldi.

Mustaqillik — bu katta imkoniyat degani. 31 yil ichida amalga oshirilgan islohotlar, sohalardagi tub o‘zgarishlar, albatta, har bir fuqaroga, xususan yoshlarga keng imkoniyat va imtiyozlar eshigini ochib berdi. Amalga oshirilgan ishlarni, erishgan yutuqlarimizni ko‘rib, kuzatib turib, aytish kerakki, ajdodlarimizga munosib avlod shakllanib kelayotir. Baxtiyor Xudoyberganov ayni mavzu haqida to‘lqinlanib so‘zladi. O‘zining uzoq yillik ish faoliyatida orttirgan tajribasi, o‘quvchilik, talabalik yillari, rahbarlik mas’uliyati, ishdan ortib, ota sifatida farzandlar tarbiyasiga e’tibori xususida aytib berdi.

— Mustaqillik darsiga kirishim bilan o‘qituvchi sifatida qarshimda tumanimiz hokimini ko‘rib, ham hayajonim, ham quvonchim ortdi, – deydi maktabning 11-sinf o‘quvchisi Z. Normurodov. – Bugungi dars oldingilaridan ko‘ra katta taassurot qoldirdi. O‘z oldimga qo‘ygan maqsadlarim yanada qat’iylashdi. Bildirilgan ishonchni oqlab, albatta, kelajakda ta’lim sohasining rivojida o‘z hissamni qo‘shaman. Qolaversa, ingliz va rus tillarini o‘rganib, biz yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan foydalanib, tajribali tarjimon bo‘laman.

Tuman rahbari bu kunda yoshlar bilan dildan suhbatlashdi. Bir nafas bo‘lsa-da, yaqinlik sezgan yoshlar esa hokim ham oddiy va samimiy inson ekanini, muvaffaqiyat sirlari izlanish va harakatda ekanini ustozining bir soatlik sabog‘i, aytganlari misolida amin bo‘lishdi. Ishonamiz, kelgusida ayni shoshlar orasidan fan fidoyilari, o‘z sohasining ustalari, hokimlar yetishib chiqadi. Tashkil etilgan mustaqillik darsi esa yoshlarning ana shunday orzu, maqsadlariga ishonch va kuch bag‘ishlagan bo‘lsa, ajab emas. Mana shunday ko‘tarinki ruhda boshlangan mustaqillik darsi boshqa sinflarda ham davom etdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun