KO‘PRIK FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Date:

Sho‘rchi tumanidagi Surxon daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prik “Ezgulik”, “Ozod”, “Xushchekka”, “Laylakxona”, “Tamshush” mahallalarini tuman markazi bilan bog‘lashga xizmat qiladi. Afsuski, 1960-yilda qurilgan ushbu ko‘prik yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. bir yil avval Toshkent ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ko‘prikning qurilish ishlari boshlangani yaxshi yangilik bo‘lgandi.

Davlat ahamiyatiga molik Surxon daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prik qurilishiga 27 905,026 million so‘m sarflandi. Qarabsizki, bayram shodiyonalari kezib yurgan bir paytda ko‘prikning qurib bitkazilgani sho‘rchiliklar uchun yana bir quvonarli voqea bo‘ldi.

Qayta rekonstruksiya ishlaridan so‘ng mazkur ko‘prikning uzunligi 252,75 metr, umumiy kengligi 15,7 metrni tashkil qiladi. Endi transport qatnovi amalga oshirilib, piyodalar uchun barpo etilgan yo‘laklardan bemalol foydalanish mumkin. 1.5 metrdan iborat bo‘lgan ko‘prik mustahkam va xavfsiz. Ikki tomonida himoya devorlari va g‘ildirik qaytargichlar ham qurilgan. Ikki tasmali avtomobil yo‘lida bir kunda 10 mingdan ortiq transport o‘tkazish imkoniyati mavjudligi yo‘lovchilar uchun yanada qulaylik yaratadi. Yana bir gap, kechki paytda ham ko‘prikdan bemalol harakatlanish mumkin. Sababi kechani kunduzdagidek yoritib turuvchi 14 ta quyosh panellari o‘rnatilgan.

— Yangi ko‘prik nafaqat 5 ta mahalla ahlini bir-biriga bog‘laydi, — deydi H. Mahmudov. – balki Qumqo‘rg‘on, Denov, Uzun tumanlariga o‘tish imkonini ham beradi. Quruvchilar xizmatidan xursandmiz. Umid qilamizki, ushbu ko‘prik uzoq yillar tuman ahlining uzog‘ini yaqin qilishga xizmat qiladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun