Xursandchilikka sabab bo‘ldi…

Date:

Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumanida surxonliklarning tinimsiz sa’y-harakatlari bilan katta o‘zgarishlar, yangiliklar sodir bo‘lmoqdaki, bu nafaqat taxiatoshliklarni, balki ko‘rgan, eshitganni ham shod etayotir. Tumanning “Sarayko‘l” mahallasini har tomonlama rivojlantirish esa Sherobod tumani mutasaddilari zimmasida edi. Shu maqsadda Sherobod tumani hokimligi tomonidan mahallada yangi sport o‘yingohi qurib bitkazildi. O‘yingohning foydalanishga topshirish marosimi esa katta xursandchilikka sabab bo‘ldi.

Marosimda ishtirok etgan borki, o‘yingohni tomosha qildi. Yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. O‘yingohda barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy yuvinish xonalari ham mavjud.

Marosim bahona mahalla ahli uchun kamtarona dasturxon yozildi. Endilikda yangi o‘yingoh uzoq yillar davomida samarali xizmat qiladi. O‘g‘il-qizlar shu maskanda jismonan chiniqib, o‘z taqdirlarida tub burilishlar yasasa, “Sarayko‘l”dan chempionlar yetishib chiqsa, surxon eli ham qilgan savobli ishlaridan ikki karra mamnun bo‘ladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun