Sariosiyo yoshlari matematika olimpiadasida g‘olib…

Date:

O‘zbek yoshlarining har sohada ildamlikni qo‘ldan boy bermay butun dunyoga kuch-qudratimizni, bilim va salohiyatimizni namoyon etayotgani quvonchli hodisa. Sportda shoda-shoda medallar bilan vatanga qaytayotgan yoshlarning yuzi yorug‘. Xalqning faxr-u iftixoriga aylangan. Ilm-fanda ham kam emasligimizni isbotlashga erishgan bir guruh sariosiyolik yoshlar Xitoy davlati Hong-Kong shahri mezbonligida “Osiyo xalqaro matematika olimpiadasi-2022”ning final bosqichida ishtirok etishdi.

Sariosiyo tumanidagi 1-sonli AFCHO‘IU maktabida 5-9-sinflarda tahsil olib kelayotgan Ramziddin Ahmadov, Azamat Hazratqulov, Mirshodibek va Baxtovar Rahmatullayevlar olimpiadada yurtimiz sha’nini himoya qilishdi. Berilgan topshiriq va amallarni qisqa fursatlarda to‘g‘ri va aniq bajara olgan yoshlar raqiblarini-da ortda qoldirishdi. Ular oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston bayrog‘ini yana bir bor yuksaklarga ko‘tarish baxtiga sazovor bo‘lishdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun