Qalbga yaqin ohanglar yangrasa…

Date:

Tanish ohanglar qulog‘ingizga chalinishi bilan topqirlik ila “Chinor tagidagi duel”-u, “Mahallada duv-duv gap” filmlaridagi ijro ekanini ayta boshlaysiz. Ha, ha yana “Ishdagi ishq”, “Qish sonatasi” kabi jahon durdona film va seriallarining-da yoqimli va taniqli qo‘shiq hamda musiqalari ko‘ngil mulkingizga aylangan. Hatto, o‘zimizcha xirgoyi qilishga ham odatlanganmiz. Telefonimizdagi musiqiy fayllardan ham joy olganiga aslo shubha yo‘q.

Musaffo osmon ostida, toza havo qo‘ynida ana shunday oltin fondni, o‘lmas asarlarni jonli tinglash esa baribir boshqacha. U bergan taassurot va kayfiyat esa unutilmas bo‘lishi aniq. Termiz shahridagi San’at saroyi hovlisida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi tasarrufidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jamoasining shou-kontserti ham ana shunday shukuhga boy bo‘ldi. Ajib ohanglar surxon ahlini bir yerga jam eta oldi.
Kontsert davomida buyuk kompozitor Vivaldining “Yil fasllari”dan Bahor taronasi, mashhur o‘zbek va jahon asarlar ijro etildi.

Noodatish tarzda bo‘lib o‘tgan konsertda dirijyor Alibek Kabdurahmonov boshchiligida orkestrning jonli ijro va jonli musiqa sadolari ostida barcha ma’nan va ruhan xordiq oldi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun