“Sharaf va sovringa ega bo‘lishdi…”

Date:

Ozod va obod vatanda emin-ekrik yashashga nima yetsin. Jamiyatda inson shaxs sifatida shakllanib, demokratik huquqlarini anglagan holda o‘z fikrini erkin ifodalay olgandagina oldinga siljish, o‘sish va rivojlanish bo‘ladi. Boshqacha aytganda, sivilizatsiya mustaqillikdan boshlanadi. Yurtimiz mustaqillikka erishganiga ham 31 yil to‘libdi. Bu davr ichida mamlakatimiz qanchadan-qancha o‘zgarishlarga yuz tutdi. Har yili mustaqillikka erishgan kun yaqinlashib boshlarkan bayram-tadbirlarning oxiri ko‘rinmaydi.

Boysun tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostidagi tadbir hamda taqdirlash marosimi yaqinlashayotgan shodiyonadan bir darak. Ushbu tadbir O‘zbekiston milliy tiklanish partiyasining Boysun tuman kengashi, tuman hokimligi vakillari, O‘zbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari birlashmasi tuman bo‘linmasining Afg‘on urushi qatnashchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz kundan-kunga ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanib, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rni va nufuziga ega bo‘lib bormoqda. Bu yo‘lda, ya’nikim ma’naviyat-ma’rifat, ilm-fan yo‘lida, shu yurtning dunyo hamjiyatida munosib o‘rin egallashida zahmat chekayotganlar oz emas. Tadbir davomida yosh avlodni ona Vatanga munosib farzand etib tarbiyalash, milliy qadriyat va an’analarni qadr toptirishda beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 15 nafar tashkilot rahbari, o‘qituvchi-pedagoglar “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan bo‘lsa, 5 nafar faol ayol “Vafo va sadoqat uchun” nishoniga munosib topildi. Taqdirlashda mehnat faxriylari va tadbirkorlar ham yoddan ko‘tarilmadi. Ularning 5 nafari ham yuksak sharaf va sovringa ega bo‘lishdi.

D.Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun