O‘quv markazi faoliyatini boshladi

Date:

Bugungidek barcha sohalarda rivojlanish kuzatilayotgan bir paytda kasb-hunar sirlarini o‘rganish maqsadida yillar davomida o‘qib, mutaxassislik sirlarini o‘rganishga hojat qolmadi. Qiziqishi baland yosh borki, qisqa kurslarda o‘qib, kerakli bilim va ko‘nikmani olishi, o‘z ishini boshlashi mumkin. Ayni shu maqsadni ko‘zlagan holda Qiziriq tumanidagi “Takiya” mahallasi (sobiq Qurilish va uy-joy kommunal ho‘jalik kasb-hunar kolleji binosi)da kasb-hunarga o‘qitish markazi o‘z faoliyatini boshladi. O‘quv kurslari 3 oy davom etadi va bitiruvchilar o‘quv markazi tomonidan mutaxassisliklari bo‘yicha sertifikatga ega bo‘ladilar.

Markaz faoliyatini boshlashi bilan tikuvchilikni-yu gilam to‘qishni istagan bormi, kompyuter va AT dasturlash kurslarida o‘qishni istaganlarning ro‘yxati shakllantirilib, guruhlar tuzildi. Qolaversa, qandolatchilik, novvoychilik bo‘yicha ham kerakli kasb sirlari o‘qitiladi. Yoshlarning qiziqqan sohalari deysizmi, ayollar-u erkaklar sartaroshligi, enagalik bo‘yicha ham o‘z ishining mutaxassislari sohaga oid tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Xullas, yigit-qizlar qisqa fursatda yo‘nalishlar bo‘yicha kasb-hunar sertifikati bilan birga imtiyozli kredit va subsidiya olish imtiyoziga ham ega bo‘lishadi. Ajratiladigan mablag‘lar yoshlarning tadbirkorlik qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi.


Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun