“Hamdo‘stlik – 2022” o‘quv mashg‘uloti boshlandi

Date:

Harbiy orkestr sadolari ostida harbiylarning saf tortib viqor bilan yurishlari kishi e’tibori tortmay qolmaydi. Vatan himoyasi, muqaddas burch mas’uliyati yo‘lida sobitqadam va xushyor o‘g‘lonlar, o‘zbekning er farzandlari faxrimiz va g‘ururimizdir. Ularning tayyorgarligi, salohiyati armiyamizning kuchini, imkoniyatlarini belgilab beradi. Yurtimizda start olgan “Hamdo‘stlik – 2022” o‘quvining tashkil etilishi harbiy xizmatchilarimizning harbiy tayyorgarligini yana bir bor ko‘rsatgandek bo‘ldi. Shu munosabat bilan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun qo‘shni Tojikiston Respublikasi harbiy delegatsiyasi Termiz shahriga yetib keldi.

Mehmonlar Termiz garnizonidagi harbiy qismga joylashishgach, o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘zbek va tojik ofitserlari ishtirokida amalga oshiriladigan harakatlar rejasi o‘rganib chiqildi.
Mashg‘ulotlarning birinchi kunida “Hamdo‘stlik – 2022” birgalikdagi o‘quvining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Mudofaa vazirligining Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘mondoni, general-mayor Zaynobiddin Iminov, Tojikiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari, general-mayor Egamzod Sharof Xudoyberdi so‘zga chiqdi. Ular hamkorlikdagi o‘quv davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdilar. Shundan so‘ng, ikki davlat madhiyasi sadolari ostida O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari davlat bayroqlari ko‘tarildi. O‘quvga jalb etilgan harbiylar harbiy orkestr sadolari ostida saf maydonidan shaxdam qadamlar bilan o‘tdi.

Marosim mashg‘ulotlarga ulanib ketdi. Termiz dala-o‘quv maydonida joylashgan to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish mashqlari har ikki davlat harbiy xizmatchilarining kuchini, tayyorgarligini ko‘rsata oldi.
Tashkil etilgan futbol musobaqasi esa xordiq chiqarishning o‘ziga xos usuli bo‘ldi deyish mumkin.
“Yaxshi dam — mehnatga hamdam” deganlaridek, mehmonlar kechki dam olish vaqtini mazmunli o‘tkazish ham e’tibordan chetda qolmadi. Ularning e’tiborlariga havola etilgan qiziqarli kontsert dasturi ko‘ngildagidek dam olishga qulay fursat bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faoliyat samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining...

Oltin medalni qo‘lga kiritdi

Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakultetida talabalar...

O‘smirlar maydonda

O‘smirlar ham kattalardan qolishmay, sportda o‘z kuch va mahoratlarini...

Mas’ullarning mas’ulligini oshirib…

Yurtimizda kuz mehmon. Qish esa yaqin. Sekin-asta kunlar salqinlashib,...
KunTun
KunTun