Musobaqa tashkil etildi

Date:

Otayotgan o‘qingiz nishonga tegishi uchun, avvalo o‘q otish texnikasini yaxshi bilish lozim. Qolaversa, diqqatni jamlab, jarayonni his etish ham yaxshi natija beradi.

Sherobod tumanidagi markaziy o‘yingohda Vatanparvarlik oyligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun tashkil etilgan kamondan o‘q otish musobaqasining tuman bosqichida ishtirok etgan yoshlar ayni shu jihatlarga e’tibor bergan holda mashg‘ulotlarga kirishdilar.

Musobaqa qiziqarli o‘tdi. Belgilangan masofadan turib o‘q otayotgan ishtirokchilarning har bir urinishi hakamlar hay’atining e’tibor markazida bo‘ldi. Ballar tizimida baholanib, merganlar aniqlandi. Faol ishtirok etgan “G‘ambur” va “Katta hayot” mahallasi yoshlarining merganliklari e’tirof etarli bo‘ldi va ular mutasaddilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun